Узбекистан
Сменить
Сменить

adras haus, shoirabegim adras, margilon hunarmandlari, abr band, milliy ipagi в Фергане

Adras haus – Marg’ilonlik usta hunarmand Asqarov Ibrohimjon o’z ishini mohirlik bilan davom ettirayotgan beshinchi avlod ipak to’quvchisidir. Bir yil oldin amalga oshirilgan Adras Haus – kompleksi uning uyida joylashgan. Adras hausda milliy matolarimiz Marg’ilon ipagi, adras, atlas, bekasam, a’lo bahmal kabi namunalar zahmatli mehnat evaziga, to’liq jarayonlardan o’tib yaratiladi.
Bo’yash – to’qish tehnikasi (Abr-band) usuli to’qiladigan iplarni to’qishdan oldin bo’yash usulidir. Bu uslub ipak matolarni to’qishda foydalaniladigan, asosan qo’l mehnati talab etadigan milliy uslubdir. Hunarmandlar oilasi o’z ishida tabiiy bo’yoqlar, ranglar ishlatadi. Bu bo’yoqlar mahsulotni avtomatik yuvishni, matolar o’z ranglarini, dizaynini va sifatini saqlab qolishida muhim omil bo’ladi. Hunarmand usta oilasi o’z kasbining sir – asrorlarini bir necha yuz yillardan beri avloddan avlodga qoldirib kelmoqda. Ularning aynan shu jihat evaziga yillar bo’yi to’plangan malaka, tehnika, uslublar zamonaviylashib, boyib bormoqda. Bu ishda usta Ibrohimjon ham jonbozlik ko’rsatmoqda. Eski namunalar asosida yaratilgan yangi namunalar o’z ma’nolariga egadur. Ustaning milliy hunarmandchiligimizga qo’shgan hissalari bir qancha diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan.
Adras haus gallereya – do’kon, tayyor mahsulotlarni sotish uchun, ustaxona, mato to’qish uchun, tandirxonalardan iborat. Milliy tandirda somsa va non pishiriladi. Ustaning uyida bir kecha qolish uchun juda shinam, qulay jihozlangan xona mavjud bo’lib, u xona mehmonlarni qabul qilishga shay holatga keltirilgan. U erda mehmonlar tushlik, kechki ovqat uchun O’zbek milliy taomlari, Marg’iloncha qovurilgan jo’ja yoki Farg’onacha palovga buyurtma berishlari mumkin.

Тип объявления:
Услуги, предлагаю
Торг:
уместен

Действия с объявлением #1002757

Поделитесь с друзьями и знакомыми

Поделитесь объявлением adras haus, shoirabegim adras, margilon hunarmandlari, abr band, milliy ipagi с друзьями, знакомыми, потенциальными клиентами, используйте для этого социальные сети, мессенджеры. Это придаст объявлению популярности и эффект многократно повысится.

Сохраните или сообщите о нарушении